Ozarbayjonda Tojikiston fuqarosi Emomov Tag‘aymurod Rossiya Federasiyasi hududiga bir necha yuz kilogrammdan ortiq geroin olib kirishda ayblanib qo‘lga olindi.
Bu haqda TASS agentligiga huquq-tartibot idoralari ma’lum qilgan, shuningdek, u hozirda Rossiya Federasiyasiga ekstradisiya qilinishini kutayotganini ta’kidlagan.
"Emomov Tag‘aymurod o‘ta yirik miqdordagi giyohvand moddalarni noqonuniy savdosida ayblanib, 11 yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan. Hozirda u Rossiya Federasiyasi hududiga ekstradisiya qilinishini kutmoqda", - deyiladi huquq-tartibot idoralari xabarida.
Ayblov tomoniga ko‘ra, ayblanuvchi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi sohasida bir qator o‘ta xavfli jinoyatlarni uyushtirganlikda aybdor. Emomov Rossiyaga kuryerlar tarmog‘i orqali yuzlab kilogramm geroin olib kirgan. Bu ishda aybdorlarning ko‘pchiligi avvalroq jinoiy javobgarlikka tortilgan va Emomovga tashkilotchi sifatida qarshi ko‘rsatma bergan, ba’zilari esa qamoqdan ozod qilingan.