«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Polshaning 2022 yildagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
34 yoshli futbolchi uchun bu sovrin ketma-ket 4, umuman esa 11-sovrin bo‘ldi.
O‘tgan yili Levandovski «Bavariya» bilan Germaniya chempioni bo‘ldi, shundan so‘ng yozda «Barselona»ga o‘tdi.
Robert 2022 yilgi jahon chempionatida Polsha milliy jamoasi sardori bo‘ldi va turnirda jamoa 1/8 finalga chiqdi.