Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

11,5 mlrd dollarlik loyihalarni foydalanishga topshirish bo‘yicha “loyihabay” ish tashkil etiladi

A A A
11,5 mlrd dollarlik loyihalarni foydalanishga topshirish bo‘yicha “loyihabay” ish tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investisiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda investisiya dasturlaridagi 1,5 mingta loyihani tezlashtirish va 12,1 milliard dollar xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi.

Jumladan, davlat investisiya dasturi doirasida 11,5 milliard dollarlik 272 ta yirik loyihani muddatidan oldin foydalanishga topshirish bo‘yicha “loyihabay” ish tashkil etiladi.

Bunda har bir loyihaga biriktirilgan vazir, vazir o‘rinbosarlari, bank rahbarlari mas’ul va javobgar bo‘ladi. Umuman, hududlardagi 89 ta yirik loyihani muddatidan oldin ishga tushirish uchun infratuzilma masalasi hal qilib beriladi.

Bu yil infratuzilmaga byudjetdan 1,2 trillion so‘m ajratilmoqda. Bu yetarli emasligi qayd etilib, infratuzilmaga yana 100 million dollar yo‘naltirishga qaror qilindi.

Hududlarda 1 ming 200 ta loyiha doirasida 4,6 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiya o‘zlashtirish zarur. Bunda, loyihalar 3 ta toifaga ajratilib ular bilan manzilli ishlanadi.

Tegishli hukumat komissiyasiga vazir va tarmoq rahbarlari bilan birga har bir loyihani ichiga kirib, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni jadallashtirish topshirildi.

Kiritildi: 05:53 12.07.2023. O'qildi: 1432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!