Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

10 mln dollargacha mukofot! AQSh Eronning yangi rahbari va boshqa yirik amaldorlarini qidirmoqda

10 mln dollargacha mukofot! AQSh Eronning yangi rahbari va boshqa yirik amaldorlarini qidirmoqda

AQSh Davlat departamenti Eron oliy rahbari va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining asosiy rahbarlari haqida ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot e’lon qildi.

E’lon "Adolat uchun mukofotlar" dasturi ostida joylashtirildi. AQSh rasmiylari Eronning yangi Oliy rahbari Mojtaba Xomanaiyga alohida e’tibor qaratmoqda.

Dasturga ko‘ra, mamlakat oliy rahbariyatini ifodalovchi jami o‘n kishi qidiruvda.

Ro‘yxatda kim bor?

Mojtaba Xomanaiydan tashqari, AQSh rasmiylari Eron rahbariyatining yana to‘qqiz a’zosi haqida ma’lumot so‘ramoqda.

10 mln dollargacha mukofot! AQSh Eronning yangi rahbari va boshqa yirik amaldorlarini qidirmoqda

Ular orasida: Oliy rahbarning shtab boshlig‘i Ali Asg‘ar Hijozi;

Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy;

Oliy rahbarning katta harbiy maslahatchisi Yahyo Rahim Safaviy;

Ichki ishlar vaziri Eskandar Momeni va Razvedka vaziri Ismoil Xatib bor.

Ro‘yxatda shuningdek, Mudofaa kengashi kotibi, Oliy rahbarning maslahatchisi, Rahbar devonining harbiy boshqarmasi boshlig‘i va korpus qo‘mondoni kabi lavozimlar ham bor.

Dastur shartlari

Ta’kidlanishicha, Davlat departamenti dasturi bo‘yicha 10 million dollar mukofotning maksimal miqdori emas. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, to‘lovlar 25 million dollarga yetishi mumkin.

Maxfiy ma’lumotlarni taqdim etgan informatorlarga evakuasiya va xavfsizlik choralari taklif qilinishi mumkin. Ma’lumot uzatish uchun Tor brauzeri va Signal messenjeri kabi xavfsiz aloqa kanallari tavsiya etiladi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!