Amerika Qo‘shma Shtatlariga viza olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. fuqaro SH.X.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 10 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun talabalik vizasini olib berishini aytib, shundan 5 000 AQSh dollari va 26 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.