Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

1 iyundan ayrim metro bekatlarining ish vaqti uzaytirildi

1 iyundan ayrim metro bekatlarining ish vaqti uzaytirildi

Poytaxtimiz Toshkentda yo‘lovchilarning katta qismi metro xizmatidan foydalanadi. Chunki metro eng qulay, xavfsiz va tezkor transport turi.

"Toshkent metropoliteni" axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkentdagi ayrim metro bekatlarining ish vaqti 1 iyundan o‘zgartiriladi.

Ma’lum qilinishicha, metro yo‘lovchilariga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida 1 iyundan boshlab Toshkent metropolitenining «Hamid Olimjon», «Pushkin», «Mirzo Ulug‘bek», «Oybek», «Beruniy», «Abdulla Qodiriy», «Novza», «Toshkent», «Kosmonavtlar», «Chorsu», «Tinchlik», «Turkiston», «Shahriston», «Bodomzor» hamda «Minor» metro bekatlarining 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) tonggi soat 05:00 dan kech soat 00:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Shu kunga qadar esa ushbu bekatlarning 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) tonggi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan.

Ta’kidlash joizki, metro bekatlaridagi bu o‘zgarishlar poytaxt yo‘lovchilariga yanada qulaylik yaratishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Kiritildi: 09:02 01.06.2022. O'qildi: 1958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!