Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

1 iyuldan ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi 15 % ga oshadi

A A A
1 iyuldan ipoteka krediti asosida biriktirilgan uy-joylar narxi 15 % ga oshadi

“Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli Prezident farmonida “O‘zshahar qurilish invest” IKga 2017-2019 yillar dasturlarida qurilgan uy-joylarni realizasiya qilishda 2020 yil 1 iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish belgilangan edi. Ushbu muddat o‘z yakuniga yetmoqda.

Uy-joylarni o‘z nomlariga rasmiylashtirishga ulgurmagan fuqarolar o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarni 2020 yil 1 iyulga qadar o‘z nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka krediti yoki to‘liq o‘z yonidan to‘lash orqali xonadon qiymati "O‘zshahar qurilish invest" IK ga to‘lab berilmasa, uy-joylar narxiga 15% qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shiladi. 

Shu bois uy-joylarga biriktirilgan fuqarolar xonadonlarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirishlari so‘raladi. 

P.S// Ushbu talab uy-joylarni o‘z nomlariga notarial tartibda rasmiylashtirib, ipoteka kreditlari ajratilgan fuqarolarga taalluqli emas.

Kiritildi: 18:30 24.06.2020. O'qildi: 3452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!