Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

1 avgustdan Yevroittifoq va Meksika mahsulotlari importiga bojlar 30 foizgacha oshiriladi - Tramp

1 avgustdan Yevroittifoq va Meksika mahsulotlari importiga bojlar 30 foizgacha oshiriladi - Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga yo‘llagan xatlarini o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Trampning izoh berishicha, Meksikadan import qilinadigan mahsulotlar uchun bojlarning oshirilishiga mamlakat huquqni muhofaza qilish organlarining narkokartellarga qarshi kurashda yetarlicha harakat qilmayotgani sabab bo‘lgan. Yevropa mahsulotlariga nisbatan boj stavkasining oshirilishi esa savdo nomutanosibligiga qarshi kurash zarurati bilan izohlangan.

Tramp import bojlari oshirilishi haqida dastlab 2 aprel kuni e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, u Qo‘shma Shtatlarning savdo hamkorlariga Vashington bilan murosaga erishish uchun 90 kunlik muhlat bergan, biroq shu vaqt ichida faqat ayrim davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya bu bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Shundan beri Tramp muzokaralar uchun belgilangan muddatni 1 avgustga surdi, biroq u mazkur sanani kutmasdan bir qancha davlatlardan import uchun bojlarni oshirish choralarini e’lon qila boshladi.

Kiritildi: 20:25 12.07.2025. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!