AQSh chegaralarida migrasiya inqirozining yana bir bosqichi boshlandi.
Noqonuniy muhojirlar karvoni Amerika chegaralariga yo‘l olmoqda. Unda 1,5 ming kishi bor.
Ularning barchasi inaugurasiyadan oldin AQShga borishni xohlaydi. Shundan so‘ng ular bu qiyinroq bo‘lishidan qo‘rqishadi, chunki Tramp AQShga qonuniy migrasiya yo‘llarini qisqartirishga va ommaviy deportasiyalarni tashkil etishga va’da bergan.