Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Erondagi rejim allaqachon o‘zgargan — Donald Tramp

Erondagi rejim allaqachon o‘zgargan — Donald Tramp

Qo‘shma Shtatlar prezidentining fikricha, Eronga berilgan zarbalar natijasida mamlakat oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy va boshqa yuqori martabali shaxslar o‘ldirilgani sababli Eronda “rejim o‘zgarishi ro‘y bergan”.

"Ayni paytda biz bilan ishlayotgan eronlik odamlar butunlay boshqa. Ular juda professional", – dedi Donald Tramp Financial Times nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, Tramp Eronning yangi oliy rahbari etib saylangan Mujtabo Xominaiy vafot etgani yoki og‘ir yaralanganini aytdi.

"Ali Xominaiyning o‘g‘li Mujtabo yoki o‘lgan, yo juda og‘ir ahvolda. Biz u haqda umuman hech narsa eshitmadik. U g‘oyib bo‘ldi", – dedi Oq uy rahbari.

Kiritildi: 14:20 31.03.2026. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!