Chegarada terrorchilar guruhi bilan qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Ikki nafar tojik chegarachisi halok bo‘lgan, uch jangari esa yo‘q qilingan. Hodisa joyidan qurol-yarog‘, granata va portlovchi moddalar topildi.
Bu so‘nggi bir oyda uchinchi shunday voqea. Rasmiylar chegara xavfsizligi bo‘yicha jiddiy xavotir bildirmoqda.