Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Nepalning vaqtincha bosh vaziri qachon iste’foga chiqishini ma’lum qildi ?

Nepalning vaqtincha bosh vaziri qachon iste’foga chiqishini ma’lum qildi ?

Nepalning vaqtincha bosh vaziri mamlakatda saylangan hukumat paydo bo‘lishi bilan iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

"Men bu lavozimni egallashni istamagan edim. Ko‘chalarga chiqqan namoyishchilarning ovozi meni uuni qabul qilishga ishontirdi, — dedi Sushila Karki.

Nepalning oldingi bosh vaziri, Kommunistik (birlashtirilgan marksistik-leninistik) partiya yetakchisi Sharma Oli o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan keng ko‘lamli norozilik namoyishlaridan so‘ng iste’foga chiqqan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu namoyishlarda 72 kishi halok bo‘lgan, minglab insonlar jarohatlangan.

Sharma Oli iste’foga chiqqanidan keyin ham noroziliklar to‘xtamadi. Namoyishchilar bir nechta siyosatchilarning uylarini vayron qildi va parlament binosini yoqib yubordi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Nepal Oliy sudining sobiq raisi va korrupsiyaga qarshi kurashchi sifatida tanilgan Sushila Karki Discord ijtimoiy tarmog‘idagi muhokamalar orqali mamlakat bosh vazirligiga nomzod sifatida tanlangan.

Shundan so‘ng Sushila Karki prezident va qurolli kuchlar qo‘mondoni bilan kelishilgan holda Nepalning vaqtincha bosh vaziri etib tayinlandi.

Kiritildi: 16:32 15.09.2025. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!