Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatining barcha hududlariga tezkor poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent viloyatining barcha hududlariga tezkor poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum bo‘ldi.

“Toshkent viloyatining barcha hududlarini poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bog‘lash vazifasi belgilandi. Bu orqali u yerlarda ham yangi uy-joylar, infratuzilma va xizmatlarga talab oshadi, odamlar poytaxtga qatnab ishlashi mumkin bo‘ladi”, - deyiladi majlis bayonotida.

Shuningdek, viloyatdagi bo‘sh yerlar “Toshkent invest” kompaniyasi va shaharning sanoat zonalari direksiyasiga ajratilib, ekologiyaga zarar keltirayotgan korxonalar ko‘chiriladi.

263 ta mahallada bog‘dorchilik, limon, uzum, malina, brokkoli va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 19:06 11.09.2025. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!