Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Joriy mavsumda Respublikada 27 ming gektardan oshiq dala maydonlari noqonuniy yoqib yuborildi

Joriy mavsumda Respublikada 27 ming gektardan oshiq dala maydonlari noqonuniy yoqib yuborildi

Uzsosmos agentligi davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida bu yil ham may - avgust oylari davomida g‘alladan bo‘shagan yerlarda somon poyalarining noqonuniy yoqilishi bo‘yicha sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalangan holda tahliliy kuzatuvlarni o‘tkazdi.

Unga ko‘ra Respublikaning 13 ta hududida 2 436 ta holat bo‘yicha 27 ming gektardan ziyod ehtimoli yuqori bo‘lgan noqonuniy yoqib yuborilgan maydonlar aniqlangan. Bu ko‘rsatkich 2024 – yilda 31 ming 542 gektarni tashkil etgan edi.

Joriy yilgi hududlar taqsimoti quyidagicha:

1. Toshkent viloyatida 11 ming 829 gektar (870 ta holat)

2. Andijon viloyatida 7 ming 665 gektar (738 ta holat)

3. Surxondaryo viloyatida 2 ming 104 gektar (279 ta holat)

4. Namangan viloyatida 1 ming 542 gektar (110 ta holat)

5. Samarqand viloyatida 1 ming 076 gektar (143 ta holat)

6. Sirdaryo viloyatida 1 ming 55 gektar (83 ta holat)

7. Jizzax viloyati 904 gektar (61 ta holat)

8. Farg‘ona viloyatida 519 gektar (66 ta holat)

9. Buxoro viloyatida 256 gektar (43 ta holat)

10. Xorazm viloyatida 99 gektar (31 ta holat)

11. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 52 gektar (9 ta holat)

12. Qashqadaryo viloyatida 14 gektar (2 ta holat)

13. Navoiy viloyatida 8 gektar (1 ta holat)

Davlat kosmik monitoringi doirasida eng ko‘p dala yong‘inlari kuzatilgan hudud Toshkent viloyati deya qayd etildi. Eng past daraja Navoiy viloyatida bo‘ldi. O‘tgan 2024 – yilda ham noqonuniy holatlarning ko‘pligi bo‘yicha Toshkent viloyati birinchi o‘rinda edi.

Qayd etish lozim, Uzsosmos agentligi olib borgan tahlillarda 2024 – yilda aniqlangan va bu yil ham takroriy tarzda yoqib yuborilgan hududlar ham aniqlandi. Ular Toshkent viloyatida 73 ta, Surxondaryo viloyatida 47 ta va Samarqand viloyatida 13 ta.

Yana bir ahamiyatli jihati joriy yildan Uzsosmos agentligi dala yong‘inlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi yangi https://dalayongini.cmspace.uz ochiq portalini ham ishga tushirdi. Qolaversa, shu kabi salbiy holatlar bo‘yicha xabardorlikni oshirish maqsadida maxsus @UzCosmos_Yongin_bot ham yaratildi. U orqali dala yong‘inlariga guvoh bo‘lganlar real vaqt rejimida suratlar va manzillarni agentlikka yuborishlari mumkin bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tarqaladi. Bu esa inson organizmida sil va saraton kasalliklari kelib chiqishi, atrof-muhit ifloslanib, tuproq unumdorligi pasayishi kabi oqibatlarga olib keladi.

Kiritildi: 18:26 11.09.2025. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!