Hukumat qarori (570-son, 08.09.2025 y.) bilan “Tibbiyot tashkilotlarida resept bilan beriladigan dori vositalarini elektron resept asosida tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🗣Nizomga ko‘ra, elektron resept asosida tayinlanadigan dori vositalari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
🗣Tibbiyot xodimlari bemor ma’lumotlarini tibbiy axborot tizimi orqali “Elektron tibbiy karta”ga kiritadi va elektron resept rasmiylashtiradi.
🗣Resept shifokor tomonidan elektron tasdiqlanadi, unga QR-kod avtomatik tarzda joylashtiriladi.
🗣Shifokorlarga o‘zlari tomonidan bemorga elektron resept asosida tayinlangan va chakana realizasiya qilingan dori vositalari harakatini kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
🗣Barcha ma’lumotlar bemorning elektron tibbiy kartasiga avtomatik qayd etiladi.