Ichki ishlar vazirligi qoidabuzarliklar uchun jazoni kuchaytirish tashabbusi bilan chiqdi.
Agar haydovchi bir oy ichida 10 marta quyidagi qoidabuzarliklarni sodir etsa:
➖ 40–60 km/soatdan ortiq tezlikni oshirsa;
➖ qizil chiroqdan o‘tsa;
➖ qarshi yo‘lga chiqsa yoki avariyali holat yaratsa, u holda haydovchi 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.
Vazirlikka ko‘ra, bu chora harakat qoidalariga rioya etilishini kuchaytiradi va og‘ir YTHlarning oldini oladi.
🗓 Loyiha muhokamasi 25 sentyabrgacha davom etadi.