Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.U. va turmush o‘rtog‘i S.K. qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelib, “Bog‘obod” MFYdagi xonadonida umumiy bahosi 210,6 mln so‘mlik sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 94 turdagi jami 3 920 dona dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.