Germaniya kansleri Fridrix Mers va Belgiya bosh vaziri Bart de Vever qo‘shma matbuot anjumanida Ukrainadagi urush harakatlari boshlanganidan beri chet elda muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlarini musodara qilishga qarshi chiqishdi, deb xabar bermoqda Tagesschau.
Xususan Belgiya hukumati rahbari Bart de Vever Rossiya aktivlarini "oltin tuxum qo‘yayotgan g‘oz" bilan taqqosladi — aktivlar har yili 1-3 mlrd Yevro foiz to‘lovlari ko‘rinishida daromad keltirmoqda.
Shuningdek Vever aktivlar musodara qilinsa, boshqa davlatlar ham o‘z mablag‘larini Yevropa depozitariylaridan olib chiqishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Mers bunday harakatlar kapital bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ogohlantirdi: bunday vaziyatda boshqa davlatlar ham o‘z mablag‘larini Yevropa depozitariylaridan olib chiqib ketishlari mumkin.