Mahalliy aholiga avtomat quroldan o‘q uzib, ularni hududdan haydab chiqargach, Isroil mudofaa kuchlarining muhandislik bo‘linmalari piyoda qismlar ko‘magida Suriya poytaxti Damashq atrofida harbiy baza qurilishini boshladi.
Avgust oyining o‘zida Isroil SAXAL nazoratidagi hududlarni kengaytirish bo‘yicha Suriya ichkarisida 15 ta joyda amaliyot o‘tkazgan.
Turli baholarga ko‘ra, Bashar Asad hokimiyatdan ketganidan buyon Isroil mudofaa armiyasi bevosita nazoratiga Suriya hududining 2 mingdan 3,5 ming kvadrat kilometrigacha bo‘lgan qismi o‘tgan. Bu esa G‘azo sektorining maydonidan qariyb o‘n baravar katta.