Polsha va Finlyandiya Rossiyaning go‘yoki dushmanona niyatlaridan himoyalanish maqsadida o‘z botqoqliklarini qayta tiklashni rejalamoqda. Bu haqda Amerika gazetasi Politico xabar berdi.
Maqolada ta’kidlanishicha, mazkur davlatlar o‘z chegaralarini himoya qilish chorasi sifatida botqoqliklarni qayta tiklash imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda.
"Evropadagi quritilgan botqoqliklarni tiklash nafaqat Rossiya tanklarini to‘xtatadi, balki iqlim isishiga olib kelayotgan ifloslanishni ham kamaytiradi", deb yozadi nashr.
Evropaning bu mamlakatlarida, bunday holda botqoqliklar Rossiya harbiy texnikasi uchun "tuzoq" vazifasini o‘tashi mumkin, deb hisoblanmoqda.
Bundan oldin, Shvesiya qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Mikael Klaesson SVT telekanaliga bergan intervyusida, Rossiya go‘yoki NATOning zaif tomonlarini tekshirayotgani va blokning reaksiyasini baholash uchun ba’zi hududlarni bosib olish kabi avantyuraga qo‘l urishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti siyosiy tahlil kafedrasi dosenti Aleksandr Perendjiyev "Gazeta.Ru"ga bildirgan fikricha, Shvesiyaning Rossiya go‘yoki Shimoliy Atlantika alyansiga hujum qilishi mumkinligi haqidagi navbatdagi bayonotlari blok bo‘yicha hamkorlardan ko‘proq mablag‘ olish istagi bilan bog‘liq.