Bunga ChatGPT iPhone'larga integrasiya qilingani sabab qilib ko‘rsatilgan deyiladi Bloomberg xabarida.
Agentlik xabariga ko‘ra, amerikalik milliarder Ilon Maskning X va xAI kompaniyalari Apple’ning OpenAIga tegishli ChatGPTni iPhone'larda yagona integrasiyalashgan chat-bot sifatida joriy qilganiga qarshi chiqqan.
Maskning huquqshunoslari da’vosida, Apple'ning bu qarori raqobatni va sun’iy intellekt sohasidagi innovasiyalarni cheklashi hamda foydalanuvchilarning tanlov imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarib, ularga zarar yetkazishi bildirilgan. Ilon Maskning kompaniyalari milliardlab dollar miqdorida kompensasiya talab qilmoqda.
OpenAI vakili Bloomberg'ga bergan izohida, ushbu da’vo “Mask tomonidan olib borilayotgan doimiy bosim siyosatining bir qismi” ekanini aytdi. Apple esa hozircha bunga izoh bermadi.