ERR telekanalining Estoniya polisiyasiga tayanib xabar berishicha, bu Ukrainaning zarba beruvchi droni bo‘lishi mumkin.
"Bu Rossiya hududidagi ob’ektlarga yo‘naltirilgan Ukraina droni bo‘lishi mumkin. Rossiya GPS signallarini so‘ndirish va boshqa elektron kurash vositalari yordamida dronni yo‘ldan chalg‘itgan, natijada u Estoniya hududiga kirib kelgan. Hozircha bu Rossiyaga tegishli dron bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadigan hech qanday dalil yo‘q", deyiladi polisiya bayonotida.
"Bu zarba beruvchi dron bo‘lib, katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin edi, ammo, na binolarga, na odamlarga zarar yetgan", — dedi huquq-tartibot idorasi vakili.
Eslatib o‘tamiz, dam olish kunlari Ukraina Rossiyaning Estoniya yaqinidagi Leningrad viloyatidagi Ust-Luga portiga dronlar bilan zarba bergan edi.