Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

BMT: Isroilning kasalxonaga hujumi bo‘yicha tergov haqiqiy natijalar berishi shart

BMT: Isroilning kasalxonaga hujumi bo‘yicha tergov haqiqiy natijalar berishi shart

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi Isroildan G‘azodagi kasalxonaga qilingan aviahujumni tekshirish va bu tergov haqiqiy natijalar berishi lozimligini ta’kidladi.

Jenevadagi matbuot anjumanida BMT boshqarmasi vakili Tamim Al-Xiytan shunday dedi:
“Adolat bo‘lishi shart. G‘azo urushida jurnalistlar ko‘p halok bo‘layotgani ular maxsus nishonga olinayotgani haqida jiddiy savollarni tug‘dirmoqda”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dushanba kuni Isroil armiyasining Xon-Yunus shahridagi “Nasr” kasalxonasiga qilgan hujumida kamida 20 kishi, shu jumladan besh jurnalist halok bo‘ldi. Bu voqea xalqaro miqyosda keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Reuters, Associated Press va Al Jazeera agentliklari o‘z muxbirlarini yo‘qotgani munosabati bilan motam bayonotlari chiqardi. Isroil harbiylari esa voqeani tergov qilishini bildirdi.

Al-Xiytan ta’kidlashicha, Isroil o‘tmishda ham bunday holatlar bo‘yicha tergov boshlaganini aytgan, ammo natijalar va javobgarlik choralari amalga oshmagan:
“Bu bosqinchi davlat sifatida Isroilning mas’uliyatidir. Tergovlar o‘z samarasini berishi lozim. Biz haligacha aniq natijalarni ko‘rmadik”, — dedi u.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azoda kamida 247 nafar falastinlik jurnalist halok bo‘lgan.

Kiritildi: 17:50 26.08.2025. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!