Uning aytishicha, ChatGPT’ni iPhone’ga integrasiya qilish orqali sun’iy intellekt bozorida monopoliya yaratilmoqda.
Maskga tegishli X va xAI kompaniyalari milliardlab dollar tovon puli talab qilmoqda. Ularga ko‘ra, kelishuv foydalanuvchilarni tanlovdan mahrum qiladi, chunki Apple App Store’da boshqa chat-botlarni targ‘ib qilish imkonsiz.
Da’vo arizasida OpenAI bilan tuzilgan kelishuv ChatGPT’ni iPhone’da yagona sun’iy intellekt botiga aylantirgani qayd etilgan. OpenAI esa ayblovlarni rad etdi.