Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Yevropa Ittifoqi amaldorlariga sanksiya qo‘llashi mumkin

AQSh Yevropa Ittifoqi amaldorlariga sanksiya qo‘llashi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa davlatlari vakillariga Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni (Digital Services Act, DSA) qoidalarini amalga oshirgani uchun ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta AQSh rasmiylari ushbu masala bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazgan. Vashington hali Bryusselga qarshi cheklovlar bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Bundan tashqari, qanday aniq choralar muhokama qilinayotgani va potensial sanksiyalar aynan kimlarga ta’sir qilishi noma’lumligicha qolmoqda.

Kiritildi: 11:00 26.08.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!