Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azoda ocharchilik qurbonlari soni 212 nafarga yetdi

G‘azoda ocharchilik qurbonlari soni 212 nafarga yetdi

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, blokada oqibatida ocharchilikdan vafot etganlar soni 212 kishiga yetdi, ularning 98 nafari bolalar. UNICEF hisobotiga ko‘ra, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik darajasi ikki oy ichida to‘rt baravarga oshgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 470 mingdan ortiq falastinlik “halokatli” sharoitda yashamoqda. Iyul oyida to‘yib ovqatlanmaslikdan 74 kishi vafot etgan.

Xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra, tinch aholiga ocharchilikni urush usuli sifatida qo‘llash taqiqlanadi. BMT va Xalqaro jinoyat sudi vaziyat yuzasidan ogohlantirgan.

Kiritildi: 19:33 11.08.2025. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!