Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroilda COVID-19ning yangi shtammi qayd etildi

Isroilda COVID-19ning yangi shtammi qayd etildi

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda COVID-19’ning XFG deb nomlangan va Stratus nomi berilgan yangi shtammi bo‘yicha 6 ta holat aniqlanganini ma’lum qildi.

Report nashrining yozishicha, hozirda Isroilda kasallanish darajasi past. Yangi shtamm alomatlari oldingi turlari bilan o‘xshash bo‘lib, isitma, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i va charchoqni o‘z ichiga oladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, mavjud COVID-19 vaksinalari ushbu shtammga qarshi samarali bo‘lishi kutilmoqda.

«Jamoat salomatligi nuqtai nazaridan, umumiy holda bu variant xavotirga sabab bo‘lmaydi», — dedi professor Eyal Leshem, «Shiba» tibbiyot markazi Sayyohlik va tropik kasalliklar tibbiyoti markazi direktori.

Ushbu shtamm ilk bor 2025 yil yanvarda Janubi-Sharqiy Osiyoda aniqlangan bo‘lib, hozirda AQSh va Yevropa bo‘ylab tarqalmoqda.

Kiritildi: 18:06 11.08.2025. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!