Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston mevalari uchun Misr bozoriga yo‘l ochildi

O‘zbekiston mevalari uchun Misr bozoriga yo‘l ochildi

Endilikda mamlakatimizda yetishtirilgan o‘rik, olxo‘ri va nektarin, shuningdek, po‘sti olinmagan yong‘oq va bodom Misrga eksport qilinishi mumkin.

Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Agentlik Misr tomoni bilan muzokaralar olib bordi va mahsulotlar bo‘yicha fitosanitar ruxsatlar olindi. Misr tomoni bilan muzokaralar olib bordi va mahsulotlar bo‘yicha fitosanitar ruxsatlar olindi.

Mahsulotlar jo‘natilishidan fitosanitar nazoratdan o‘tkazilib, Misr uchun karantin ahamiyatiga ega zararkunandalardan xoli ekani tasdiqlangandan so‘ng fitosanitar ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.

Xalqaro talablarga muvofiq, har bir jo‘natma ISPM №7 va ISPM №12 standartlariga muvofiq fitosanitariya sertifikati bilan rasmiylashtirilishi belgilangan.

Misr — 110 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan, Afrika va Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik iste’mol bozorlaridan biri. Meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talab yil davomida mavjud. Shu bois Misr har yili yuz minglab tonna yangi uzilgan mahsulotlarni import qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda O‘zbekistondan Misrga 25 turdagi mahsulot eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olingan.

Yangi turdagi mahsulotlarga fitosanitar ruxsatlar olinishi O‘zbekiston uchun eksport geografiyasini kengaytirish, Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga kirish uchun «ko‘prik» yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mavsumiy sotuv davrini uzaytirish imkoniyatini beradi.

Kiritildi: 17:20 11.08.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!