Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil zarbasi oqibatida Al Jazeera'ning 5 nafar hodimi halok bo‘ldi

Isroil zarbasi oqibatida Al Jazeera'ning 5 nafar hodimi halok bo‘ldi

"Isroil harbiylari G‘azo shahrida Al Jazeera muxbiri Anas al-Sharif va uning to‘rt hamkasbini qasddan o‘ldirdi. Ular bu paytda G‘azodagi “Ash-Shifa” shifoxonasi kiraverishidagi chodirda bo‘lgan", deya xabar bermoqda telekanal.

Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) chodirga zarba berilganini tasdiqlab, u aynan Anas al-Sharifga qaratilganini ma’lum qildi. Isroil harbiylariga ko‘ra, o‘zini jurnalist qilib ko‘rsatgan Anas aslida qurolli guruhlar a’zosi bo‘lgan.

Al Jazeera bosh muharriri Muhammad Muavadning aytishicha, Anas al-Sharif akkreditasiyadan o‘tgan jurnalist bo‘lgan, aynan u sababli butun dunyo G‘azo sektorida aslida nimalar yuz berayotganidan xabar topgan.

Kiritildi: 13:24 11.08.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!