Avstraliya yaqin kunlarda Falastin davlatini tan olishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Sydney Morning Herald gazetasi xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze Avstraliyaning Falastin davlatini tan olish rejalarini e’lon qilishga hozirlik ko‘rmoqda.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat vazirlar mahkamasi qaror qabul qilish uchun yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, Falastinni tan olish qarori bugun yoki yaqin kunlarda qabul qilinishi mumkin.