Koreya Respublikasi va AQShning avgust-sentyabr oylarida rejalashtirilgan “Ulchi Freedom Shield” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni yomonlashtirdi, deyiladi Koreya markaziy axborot agentligi tomonidan chop etilgan KXDR Mudofaa vazirligi rahbari No Kvang Chol bayonotida.
“Dushmanlar, xorijdagi qurolli kuchlar, jumladan, AQSh harbiy-dengiz ekspedisiya kuchlari, hattoki “BMT qo‘mondonligi”ga a’zo davlatlar qurolli kuchlari ishtirok etadigan va barcha hududlarda o‘tkazilayotgan mazkur qo‘shma mashg‘ulotlar nafaqat mamlakatimizga, balki mintaqaviy davlatlarga ham qaratilgan zamonaviy urush olib borishning yangi ko‘rsatmalari va usullarini qo‘llashini yashirmayapti”, dedi.
Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, Koreya yarimorolidagi vaziyatning keskinlashuviga aynan AQSh va Janubiy Koreyadan kelayotgan harbiy tahdid sabab bo‘lmoqda va bu harbiy namoyish vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Yadro urushini taqlid qilishni o‘z ichiga olgan qo‘shma mashg‘ulotlar Shimoliy Koreyaga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy provokasiya hisoblanadi. KXDR Qurolli kuchlari tahdidlarga qarshi turishga tayyor, deyiladi bayonotda.
Xabar berganimizdek, mashg‘ulotlar 18-28 avgust kunlariga mo‘ljallangan, biroq dala manevrlarining salmoqli qismi KXDRning keskin munosabatidan qo‘rqib, aynan sentyabrga ko‘chirilgan.