Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Minecraft bolalarga foydali emish...

Minecraft bolalarga foydali emish...

Xorijlik mutaxassislarning aytishlaricha, Minecraft yangi avlod uchun nafaqat oddiy bir o‘yin, balki texnologiya sohasida rivojlanish uchun muhim platformaga aylandi.

Masalan, 25 yoshli Kolin Makdonald kabi yosh geymerlar o‘z ishtiyoqini muvaffaqiyatli startaplarga aylantirgan. U o‘z loyihasini o‘ylab, ikkita yaxshi ish taklifini rad etdi. So‘ng Minecraft uchun modpak ishlab chiqaruvchi va 50 ga yaqin odamni ish bilan ta’minlovchi Moonsworth kompaniyasiga asos soldi.

Yana bir misol, Ispaniyada yashovchi Lauri Laflyandski, WiseHosting kompaniyasining egasi, qo‘l ostida o‘ndan ortiq odam ishlaydi. "Bu o‘yin mohiyatan muammolarni hal qilish va ijodkorlikka undaydi. Siz vaziyatlarga moslashishni va kengroq fikrlashni o‘rganasiz", deydi u.

Kiritildi: 06:00 23.07.2025. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!