Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ko‘z oqi nega sarg‘ayadi?

Ko‘z oqi nega sarg‘ayadi?

Ko‘pincha odamlar ko‘z oqlarining sarg‘ayishiga e’tibor bermaydilar, chunki bu holat og‘riq keltirib chiqarmaydi. Lekin ba’zi organlarning ishi bilan bog‘liq jiddiy muammolar mavjudligini ko‘rsatadi.

Avvalo, ko‘z sarg‘ayishi jigar va o‘t yo‘llarida muammolar bilan kechadi. Shu bilan birga, metabolik kasalliklar,, turli zararli omillar va parazitlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Bunda asosan oftalmologik patologiya emas, balki ichki organlarning kasalliklari belgilari aniqlanadi.

Shuning uchun zudlik bilan gastroenterolog yoki gepatologga ko‘rinish shart. Qon va najas tahlili, qorin bo‘shlig‘i organlarining ultratovush tekshiruvidan so‘ng tashxis qo‘yiladi.

Kiritildi: 05:40 23.07.2025. O'qildi: 897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!