Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Nigeriyada Lassa isitmasidan vafot etganlar soni 151 nafarga yetdi

Nigeriyada Lassa isitmasidan vafot etganlar soni 151 nafarga yetdi

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi ma’lumotiga ko‘ra, 1 yanvardan buyon mamlakatda Lassa virusi bilan bog‘liq 800 ta holat aniqlangan, shulardan 151 tasi o‘lim bilan tugagan, deb xabar berdi Anadolu agentligi.

O‘lim holatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,3 foizdan 18,9 foizgacha ko‘tarilgan. 2023 yilda mazkur kasallik tufayli 190 kishi vafot etgan edi.

Lassa isitmasi birinchi marta 1969 yilda Nigeriyaning Borno shtatida qayd etilgan. Bu virus G‘arbiy Afrika mamlakatlarida, jumladan Mali, Togo, Gana, Liberiya va Syerra-Leone davlatlarida keng tarqalgan. Kasallik holatlarining ortishi tufayli Nigeriya hukumati 2019 yil yanvar oyida favqulodda holat rejimini joriy etgan edi.

Virus insonga kallamushlar orqali, shuningdek, odamdan odamga ham yuqishi mumkin. Bu xastalik og‘ir gemorragik isitmaga olib kelib, o‘limga sabab bo‘lishi ehtimol.

Sog‘liqni saqlash xizmatlari fuqarolarni sanitariya qoidalariga rioya qilishga va virusning asosiy tashuvchilari – kemiruvchilardan uzoq yurishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 23:55 22.07.2025. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!