Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaqiy AQSh Prezidentining Xitoy Bagram aviabazasida bo‘lishi haqidagi so‘zlarini rad etgan.
Muttaqiy Afg‘oniston mamlakat tuprog‘ida xorijiy harbiylarning bo‘lishiga toqat qilmasligini ta’kidlagan.
“Islom Amirligi va Afg‘oniston xalqi mamlakatning bir qarich yerini ham xorijiy harbiylar mavjudligi uchun qabul qilmaydi. Prezident Tramp bu xabarni eshitishi kerak va boshqa davlatlar ham tushunishi kerakki, biz o‘zaro aloqada ekanmiz, bu faqat siyosiy va iqtisodiy aloqadir. Biz Afg‘onistonda xorijiy harbiylar mavjudligini hatto muhokama ham qilmaymiz”, degan Muttaqiy.