Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Gresiyada jazirama sabab ochiq havoda ishlash taqiqlandi

Gresiyada jazirama sabab ochiq havoda ishlash taqiqlandi

Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

"Afina va mamlakatning boshqa ko‘plab hududlarida kurerlar, quruvchilar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlovchi xodimlarga soat 12:00 dan 17:00 gacha ochiq havoda ishlash taqiqlanadi. Gresiyaning markaziy hududlarida harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi, yirik shaharlarda esa 40 darajaga yetishi kutilmoqda. Shu sababli ko‘plab shaharlarda jaziramadan himoyalanish topish uchun kondisionerli maxsus joylar ochilgan", deya yozmoqda nashr.

Bundan tashqari, Turkiya meteorologiya xizmati ham shu hafta mamlakatda kuchli jazirama bo‘lishi haqida ogohlantirmoqda. Sinoptiklarga ko‘ra, Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir shahrida harorat 45 darajagacha, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Antaliyada esa 40 darajagacha ko‘tariladi.

Kiritildi: 23:15 22.07.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!