Air India aviakompaniyasining Gonkongdan Nyu-Dehliga parvoz qilayotgan Airbus A321 samolyoti Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportga qo‘ngandan keyin yonib ketdi.
Bu haqda aviakompaniya X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari xavfsiz tarzda evakuasiya qilingan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa yo‘lovchilar samolyotdan tushayotgan paytda yuz bergan.
Air India vakillarining tushuntirishicha, xavfsizlik protokollariga muvofiq tizim avtomatik ravishda qurilmani o‘chirgan. Hodisaga yordamchi qurilmaning yonib ketishi sabab bo‘lgan.
Hodisada hech kim jabrlanmagan.