Financial Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina parlamenti Prezident devoni tashabbusi bilan mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil tuzilmalar ustidan nazoratni kuchaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Tanqidchilarning fikricha, bu qaror Zelenskiyning atrofidagilarga korrupsiyaga oid tergov jarayonlariga ko‘proq ta’sir o‘tkazish imkonini beradi.
"Ijro hokimiyati NABUni (Korrupsiyaga qarshi milliy byuro) o‘z nazoratiga olish qarori prezident ma’muriyatining islohot tarafdorlari va antikorrupsiya organlariga qarshi qilayotgan harakatlaridan biri bo‘lib, bu Ukrainaning G‘arbdagi ittifoqchilarida tobora kuchayib borayotgan avtoritarizm haqida xavotir uyg‘otmoqda", deb yozadi gazeta.