AQSh prezidenti bu haqda bugun Filippin yetakchisi Ferdinand Markos bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
"Rais Si Jinpin meni Xitoyga taklif qildi va yaqin kelajakda bu tashrif amalga oshadi", — dedi Tramp.
Shuningdek, Tramp Putin bilan Xitoyga ehtimoliy tashrifi doirasida uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini istisno etmadi. "Biz ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazishimiz mumkin", — dedi AQSh prezidenti.