Turkiya qirg‘oqlarida inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi va vabo, og‘ir diareya va suvsizlanishni keltirib chiqaradigan Vibrio bakteriyalari topildi, deya xabar beradi Milliyet nashri.
Olimlar Marmara, Egey va O‘rta yer dengizlarida Vibriolarni aniqladilar. Shifokorlar dam oluvchilarni dengiz suvi ochiq yaralarga tushishi xavfidan ogohlantirib, ehtiyot bo‘lishni so‘ramoqda.
— Vibrio lar iliq sho‘r suvda ko‘payadi. Ayniqsa, vabo vibrioni ifloslangan dengiz suvi orqali oshqozon-ichak traktiga kirib, vabo kasalligini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa kuchli diareya va suvsizlanishga olib keladi. Turkiyada vabo kasalligi kamdan-kam uchrasa-da, xavf nolga teng emas, — dedi Istanbuldagi Florence Nightingale kasalxonasi shifokori Ug‘ur Aferin.
Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish Yevropa markazining (ECDC) so‘nggi ogohlantirishiga ko‘ra, ilgari faqat Boltiq dengizida bo‘lgan Vibrio bakteriyalari endi Shimoliy dengizda va yopiq cho‘milish joylarida ham uchraydi.
Bakteriyalar yuqori haroratda va past sho‘rlanishda ko‘payadi.