Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

AQSh 2027 yilda YUNESKOdan chiqishini e’lon qildi

AQSh 2027 yilda YUNESKOdan chiqishini e’lon qildi

AQSh 2027 yildan boshlab BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha agentligi — YUNESKO tarkibidan chiqishini rasman ma’lum qildi.

Reportning xabar berishicha, bu haqda AQSh Davlat departamenti bayonot berdi. Hujjatda aytilishicha, AQSh 2026 yil 31 dekabrda tashkilotni rasman tark etadi.

Davlat departamenti ma’lum qilishicha, AQSh bu qaror haqida YUNESKO rahbariyatini oldindan xabardor qilgan.

"YUNESKO ijtimoiy va madaniy muammolarni hal etishda jamiyatda bo‘linishlar keltirib chiqaradi, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va global taraqqiyot yo‘lidagi ideologik kun tartibiga ortiqcha e’tibor qaratadi. Bu esa bizning 'Amerika birinchi o‘rinda' siyosatimizga zid keladi. Shuningdek, tashkilot ichida Isroilga qarshi noto‘g‘ri ritorika mavjud", — deyiladi bayonotda.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatni YUNESKOdan chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 18:48 22.07.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!