Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Erondagi jazirama suv va elektr tanqisligiga olib keldi

Erondagi jazirama suv va elektr tanqisligiga olib keldi

Eronda kuzatilayotgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo tufayli suv omborlaridagi suv sathi so‘nggi bir asrdagi eng past darajaga tushdi. Bu esa mamlakat bo‘ylab suv va elektr ta’minotida jiddiy uzilishlarga sabab bo‘lmoqda.

"Report"ning Yaqin Sharq OAVlariga tayanib xabar berishicha, Eron meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 31 viloyatidan kamida 18 tasi, jumladan Tehron, juma kuni boshlangan va payshanbagacha davom etishi kutilgan g‘ayritabiiy issiqlikdan jabr ko‘rmoqda.

Janub va janubi-g‘arbiy viloyatlarda harorat Selsiy bo‘yicha 50 darajadan oshgan. Bu sababli kamida 10 ta viloyatda, jumladan poytaxtdagi hukumat idoralari ham, suv va elektr energiyasini tejash maqsadida vaqtincha yopilgan.

Issiqlik to‘lqini yaqinda kuzatilgan yomg‘irchilikning keskin kamayishi bilan birga keldi. Bu holat Tehronni ta’minlovchi to‘g‘onlarda suv sathining "so‘nggi 100 yildagi eng past ko‘rsatkich"ga tushishiga olib kelgan. Shahar aholisi bir necha soatlik suv uzilishlari to‘g‘risida shikoyat qilmoqda.

Kiritildi: 18:13 22.07.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!