Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan IDEF-2025 mudofaa ko‘rgazmasida nutq so‘zlar ekan, G‘azoda ro‘y berayotgan voqealarga nisbatan jahon hamjamiyatining sukutini qattiq tanqid qildi.
«G‘azoda yuz berayotgan genosidga ko‘z yumish – insoniyatga qarshi jinoyatlarga sheriklikdir», — dedi Erdo‘g‘an. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa bolalarning ochlik va halokat ostonasida ekani dunyo uchun sharmandalik hisoblanadi.
Davlat rahbari, Turkiya Isroilning G‘aza aholisiga qarshi amalga oshirayotgan genosidini butun insoniyat kun tartibida saqlashda davom etayotganini va bu holat "nasistlar genosidi"dan ham og‘ir ekanini ta’kidladi.