AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Barak Obamani 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Rossiya uni qo‘llab-quvvatlagani haqida jamoatchilik fikrini ataylab shakllantirganlikda aybladi.
Trampning ta’kidlashicha, bu — «asr jinoyati» bo‘lib, unga Hillari Klinton, Jo Bayden va boshqa yuqori lavozimli demokratlar ham aloqador.
Bu bayonot Tramp tomonidan Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard e’lon qilgan 2016 yilgi saylovlar bo‘yicha maxfiy hisobot oshkor etilganidan so‘ng berildi.
Trampning fikricha, aynan Obama uni Moskva qo‘llab-quvvatlaganini birinchi bo‘lib da’vo qilgan va u «inkor etib bo‘lmas dalillar» mavjudligini ta’kidladi.
U bu holatni «AQSh uchun katta tahdid» deb atadi.