Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Polsha fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilmaslik bo‘yicha rasmiy ogohlantirish berdi

Polsha fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilmaslik bo‘yicha rasmiy ogohlantirish berdi

Polsha Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Rossiya Federasiyasiga sayohat qilmaslik, shuningdek, hozirda Rossiya hududida bo‘lib turganlarga mamlakatni imkoni boricha tezroq tark etish tavsiyasini berdi. Bu haqda “Report” nashri xabar berdi.

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, ushbu tavsiya Ukrainadagi urush va Polsha tomonidan “do‘stona bo‘lmagan davlat” sifatida Rossiya e’tirof etilgani bilan izohlangan.

“Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada bo‘lgan Polsha fuqarolariga, agar hayoti, oilasi yoki kasbiy holati ushbu mamlakatda qolishni talab etmasa, mavjud tijorat yoki shaxsiy vositalar yordamida Rossiyani tark etishni tavsiya etadi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Polsha rasmiylari o‘z fuqarolarini xavfsizlik choralariga amal qilishga va favqulodda holatlarda konsullik muassasalari bilan aloqaga chiqishga chaqirdi.

Kiritildi: 17:04 22.07.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!