Keyingi bir necha kun Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar uchun hal qiluvchi bo‘ladi. Yangi kelishuv doirasida Isroil tomoni yana 10 nafar garovga olinganlarni ozod qilish va o‘lganlarning jasadlarini qaytarishni kutmoqda.
Bu haqda Isroil TIV ma’lum qildi.
"Hozirda XAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Kelgusi bir necha kun hal qiluvchi bo‘ladi. Kelishuv doirasida XAMAS garovga olinganlarning bir qismini, 10 kishini ozod etishini kutmoqdamiz. Va o‘lganlarning ba’zi jasadlarini qaytaradi”, - dedi u.
Shu bilan birga, Isroil tomoni XAMAS bilan muzokaralar muvaffaqiyasiz yakunlangan taqdirda G‘azoda harbiy harakatlar faollashishini istisno etmayapti.
“Agar kelishuvga erishilmasa, quruqlikda, harbiy nuqtai nazardan, xuddi shunday yoki undan ham battarroq bo‘ladi”, - deya ta’kidladi u.
Avvalroq radikal harakatga yaqin bo‘lgan Maan agentligi yaqin kunlarda Falastin harakati va Isroil tomoni o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarning bir qismini ozod qilish bo‘yicha kelishuv imzolanishi haqida xabar bergan edi.