Xalqaro jinoiy guruh Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida neft mahsulotlarini kontrabanda qilish uchun yer osti tunnelini qurdi.
Qozog‘iston byurosi Moliyaviy monitoring agentligi (AFM) matbuot xizmati xabar berishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston xavfsizlik idoralarining qo‘shma operasiyasi natijasida jinoiy faoliyatga chek qo‘yildi.
"Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara hududida bir guruh shaxslar uzunligi 450 metr bo‘lgan yer osti tunnelini qurgan. Noqonuniy faoliyat ikki oy davomida amalga oshirilgan. Bu davrda jinoiy guruh barqaror kontrabanda sxemasini, jumladan, xorijdan moliyalashtirish, logistika va yoqilg‘i-moylash materiallari eksportini yo‘lga qo‘ygan", — deyiladi agentlik xabarida.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoiy sxemaning barcha ishtirokchilari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari aniqlandi. Qozog‘istonning besh fuqarosi gumonlanuvchi sifatida tan olingan.
Hozirda tergov yakunlandi, ish sudga yuborildi.