Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

3 mln AQSh dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

3 mln AQSh dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkent shahrida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari, 1979 y.t. muqaddam sudlangan ayol Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali aksiyadorlik tijorat banklardan biridan 3 mln. AQSh dollari miqdorida maqsadsiz kredit olib berishni va’da qiladi va evaziga kreditning 33 foizini, ya’ni 990 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 150 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaroga go‘yoki o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga kredit mablag‘ini ajratib berishni va’da qilgan mazkur noqonuniy kelishuvning bosh tashkilotchisi – Urganch shahrida yashovchi, 1983 y.t. shaxs ham prosessual tartibda ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:23 02.07.2025. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!