Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bugun Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish haqidagi farmonni imzolaydi

Bugun Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish haqidagi farmonni imzolaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp kun davomida AQShning Suriyaga qarshi sanksiyalarini yumshatish haqidagi farmonni imzolaydi.

Bu haqda CBS telekanalining Oq uyda akkreditasiyadan o‘tgan muxbiri Jennifer Jeykobs ma’lum qildi.

"Bugun Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi", — deb yozdi u "X" ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, 4 may kuni Tramp Ar-Riyodda Suriya muvaqqat rahbari Ahmad al-Shara bilan muzokaralar o‘tkazgan va bu ikki davlat rahbarlarining so‘nggi 25 yildagi ilk uchrashuvi bo‘lgandi. Amerika rahbari Vashington Hofiz Asad va uning o‘g‘li Bashar Asad hukmronligi davrida Damashqqa o‘nlab yillar davomida qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni boshlashini ma’lum qildi.

Kiritildi: 09:00 01.07.2025. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!