Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil armiyasi: "Eronning yadroviy tahdidi bartaraf etildi"

Isroil armiyasi: "Eronning yadroviy tahdidi bartaraf etildi"

Erondan kelayotgan yadroviy va raketa "tahdidlari" bartaraf etildi, Isroil armiyasining amaliyoti bu loyihalarning rivojlanishini yillar davomida orqaga surdi.

Bu haqda Isroil armiyasi rasmiy vakili Avixay Adrai ma’lum qildi.

"Operasiyaning asosiy maqsadi ham Eron yadro loyihasi, ham raketa dasturidan kelib chiqqan Isroil davlati uchun yadroviy tahdid va ekzistensial xavfni bartaraf etish edi. Bizning baholashimizcha, biz bu dasturlarning rivojlanishini uzoq yillarga orqaga qaytarishga muvaffaq bo‘ldik", dedi Avixay Adrai.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi "Ko‘tarilgan sher" operasiyasi doirasida mamlakat siyosiy rahbariyati tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalarni bajargan.

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy avvalroq 12 kunlik mojarodan so‘ng Tehron Tel-Aviv ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi va Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi.

Islom Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Husayn Kermanpurning ma’lum qilishicha, Isroilning Eron hududiga uyushtirgan hujumlari natijasida 620 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 4870 kishi jarohatlangan. O‘z navbatida, Isroil 20 dan ortiq odam halok bo‘lganini va 1470 dan ortiq kishi jarohatlanganini aytdi.

Kiritildi: 08:50 01.07.2025. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!